Farmon bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan biznes hamjamiyati, ilmiy doiralar va xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasi tasdiqlangan. Shuningdek, 2020 — 2022-yillarda hududlar va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari qabul qilingan.
2020 — 2022-yillarda belgilangan natijalar
- keng polosali ulanish portlarini 2,5 milliongacha ko‘paytirish, 20 ming km optik-tolali aloqa liniyalarini qurish orqali aholi punktlarining Internetga ulanish darajasini 78 foizdan 95 foizga yetkazish;
- hududlarni rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimi, elektron xizmat va dasturiy mahsulotni joriy etish;
- 587 ming kishini, shu jumladan «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 500 ming nafar yoshni kompyuter dasturlash asoslariga o‘qitish;
- real sektor korxonalarida boshqaruv, ishlab chiqarish va logistikani avtomatlashtirish bo‘yicha 280 dan ortiq axborot tizimini joriy etish;
- davlat organlari xodimlarining raqamli savodxonligini oshirish uchun oliy ta’lim muassasalarini biriktirish.
Strategiyani amalga oshirish mexanizmi
- «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi tuzilgan; u har oyda davlat organlari rahbarlarining hisobotini tinglaydi.
- 29 ta namunaviy tuman (shahar)da raqamli transformatsiya «yo‘l xarita»lari amalga oshirilgan.
- Maktabgacha ta’lim, maktab va sog‘liqni saqlash muassasalarida IT-infratuzilma yaratish vazifasi qo‘yilgan.
- Elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot va ochiq ma’lumotlarni rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlangan.
587 ming nafar kishini, shu jumladan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 500 ming nafar yoshlarni qamrab olish orqali kompyuter dasturlash asoslariga o‘qitish tashkillashtiriladi; 1-band
Fan bilan bog‘liqligi
Strategiya ta’limni raqamlashtirishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilaydi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining ushbu elektron o‘quv majmuasi — raqamli ta’lim resurslarini yaratish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarning amaliy ifodasi. Farmonga keyinchalik o‘zgartirishlar kiritilgan — amaldagi tahrirni lex.uz dan ko‘ring.